Amorim «Sporting»ning yana bir futbolchisini «Milan»ga olib kelmoqchi

Portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim Italiyaning «Milan» klubi boshqaruviga keldi va allaqachon «Lasio»dan ispaniyalik himoyachi Mario Xilani o‘z safiga qo‘shib olishga ulgurdi. Ammo uning ambisiyalari bu bilan cheklanib qolmaydi — Amorimga yana bir himoyachi kerak va u bu nomzodni o‘zining qadrdon klubi Lissabonning «Sporting» jamoasidan topdi.
Gap hozirda 25 yoshda bo‘lgan va deyarli Amorimning shaxsiy tarbiyalanuvchisi hisoblangan Gonsalu Inasiu haqida bormoqda. Tabiiyki, bu transferda moliyaviy masala asosiy muammoga aylanishi mumkin — futbolchining «Sporting» bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi va Lissabon klubi uni istalgan summaga qo‘yib yuborishni aslo istamayapti. Futbolchining bozor qiymati esa 40-45 million yevroga baholanmoqda.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar