Amorim Luka Modrichga yuqori baho berdi

«Milan» bosh murabbiyi etib tayinlangan portugaliyalik mutaxassis Ruben Amorim jamoaning kelajagi borasidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashdi. Murabbiy klub asosiy e’tiborni yosh futbolchilarga qaratmoqchi ekanini ta’kidladi.
«Biz yosh o‘yinchilarga ishonch bildirmoqchimiz va jamoani qaytadan barpo etmoqchimiz. Ha, bu tavakkalchilik, jumladan murabbiy uchun ham, ammo men shunday tavakkalga qo‘l urishni va yangi narsadan zavqlanishni afzal ko‘raman. Meni bu yerga chaqirishganining sabablaridan biri ham murakkab davrlarni boshdan kechirayotgan jamoalar bilan ishlashni yoqtirishimdir. Bu og‘ir vazifa ekanini tushunamiz, ammo yangi loyiha yaratishni xohlaymiz», — dedi Amorim Goal.com portaliga bergan intervyusida.
Shuningdek, murabbiy yaqinda klub bilan shartnomasini yana bir mavsumga uzaytirgan Luka Modrich haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.
«Ba’zida qanchalik tez yugurishingiz emas, balki qanchalik tez fikrlashingiz muhim ahamiyatga ega. Bu borada Luka hali ham eng yaxshilardan biri bo‘lib qolmoqda. Tarkibimizda yosh futbolchilar juda ko‘p, shu sababli bunday tajribali o‘yinchilarning borligi o‘ta muhim. U ham yosh yigitlarga, ham butun jamoaga katta yordam beradi», — deya ta’kidladi Amorim.
Oldinroq Amorim Rafael Leauning jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi xabarlarga ham munosabat bildirib o‘tgan edi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar