Alvaresning agenti: «Yolg‘onchidan nega yolg‘on gapirganini so‘rama»

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvaresning agenti Fernando Idalgo «matraschilar» rahbariyatining bayonotlariga bilvosita keskin munosabat bildirdi.
Ilgariroq «Atletiko» bosh direktori Migel Anxel Xil quyidagicha bayonot bergan edi:
«Biz shuni tushunishimiz kerakki, so‘nggi oylarda Xulianga o‘zining professional faoliyati bo‘yicha eng yaxshi maslahatlar berilmadi».
Ushbu gaplarga javoban futbolchining vakili Fernando Idalgo o‘zining Instagram sahifasida shunday yozib qoldirdi:
«Hech qachon yolg‘onchidan nega yolg‘on gapirganini so‘rama. Chunki buni tushuntirib berish uchun u yana yolg‘on gapirishga majbur bo‘ladi».
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar