Vinger Krisensio Sammervill "Vest Xem"dan "Al-Hilol"ga o‘tdi.

24 yoshli futbolchi Amsterdamda tibbiy ko‘rikdan o‘tdi va Saudiya Arabistoni klubi bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi.

Hujumchiga bonuslar bilan birga 70 million yevro maosh to‘lanadi.

O‘tgan mavsumda Sammervill Premyer-ligada 31 ta o‘yinda oltita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Manba: Stadion.uz