"Tottenxem" yozda ikki futbolchisi bilan xayrlashadi

"Tottenxem" yozgi transfer oynasida ikki futbolchisi bilan xayrlashadi.
Sky Sports xabariga ko'ra, London klubi futbolchilari Mett Doerti va Emerson Royallar yozda jamoani tark etishi kutilmoqda.
Premer-liganing joriy mavsumida Royal 24 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Doerti hisobida 26 ta o'yinda bor va u ikkita gol urgan hamda to'rtta golli uzatmani amalga oshirgan.