"Tottenxem" yaponiyalik himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi

"Bolonya" himoyachisi Takexiro Tomiyasu faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin, deb yozadi The Sun.
Futbolchining transfer qiymati 15 million evroga baholanmoqda. Uning Italiya klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yozida yakuniga etadi.
Oldinroq Tomiyasu "Atalanta" bilan shartnoma borasida kelishib olgani haqida xabar berilgan edi.