Kot-d'Ivuar terma jamoasi himoyachisi Serj Ore va Erik Bayi Afrika kubogi saralash bosqichi doirasida Ruandaga qarshi jarohat oldi.

“Tottenxem” himoyachisi Ore 26-daqiqada boldiridan jarohat oldi va maydonni tark etishga majbur bo'ldi.

Shundan so'ng, “Manchester Yunayted” futbolchisi Bayi ham boshini yorib olib 80-daqiqada zahiraga olindi.