"Tottenxem" o'z futbolchisini sotish rejasiga ega emas. Xabarlarga ko'ra, London jamoasi yarim himoyaga Iv Bissumani sotib olganiga qaramasdan, Per-Emil Xyoybergni sotishni o'ylamayapti.

Daniya terma jamoasi a'zosiga "Everton" hamda "Roma" qiziqish bildirgandi. Uning "shporlar" bilan tuzgan bitimi 2025 yilga qadar amal qiladi.

Manba: teamtalk.com