"Tottenxem" u uchun 50 million evrodan voz kechishga tayyor bo'ladi. Xabarlarga ko'ra, qishki transferlar oynasida "shporlar" markaziy hujumchi xarid qiladi. Nishonda esa "Feyenoord" yulduzi Santyago Ximenes turibdi.

Uni sotib olish uchun esa 45-50 million evro zarur. Ximenes o'tgan mavsum davomida 23 ta golga mualliflik qilgan edi. U London jamoasida Xarri Keyn o'rnini egallashi lozim.

Manba: caughtoffside.com