"Tottenxem Xotspur" Italiyadan yarim himoyachi xarid qiladi. Xabarlarga ko'ra, "Roma" yulduzi Brayan Kristante "shporlar" radariga tushgan. 28 yoshli yarim himoyachining amaldagi bitimi 2025 yilda tugaydi.

Ayni damda u 30 million evroga baholanmoqda. "Roma" uni yaxshi narx uchun sotishga qarshi bo'lmaydi. "Tottenxem" qishki transferlar oynasida Kristantega taklif bilan chiqadi.

Manba: caughtoffside.com