"Tottenxem" o'z hujumchisini sotmaydi

"Tottenxem Xotspur" o'z futbolchisini sotish niyatida emas. Xabarlarga ko'ra, qishki transferlar oynasida "shporlar" hujumchisi Risharlison jamoani tark etmaydi.
Rahbariyat sobiq "Everton" yulduzini sotmaydi. Risharlison bu mavsumda 11 ta o'yinda 2 ta gol va 3 ta assist qayd etgan. 26 yoshli futbolchi hozir jarohat sababli maydonga tusha olmayapti.
Manba: caughtoffside.com