"Real Madrid"ning himoya qanotlarini kuchaytirish istagi haqida matbuotda ma'lumotlar anchadan beri paydo bo'lib kelmoqda.

"Tottenxem" himoyachisi Emerson Royal "Santyago Bernabeu"ga o'tishi mumkin. Mish-mishlarga 24 yoshli braziliyalik futbolchining otasi sabab bo'lgan.

"Emersonning "Tottenxem"ni tark etishi ehtimoli katta. O'ylaymizki, unga katta sakrash va chempionlik uchun kurashayotgan jamoaga o'tish vaqti keldi. Menimcha, u "Real Madrid"dek gigantga mos keladi", - dedi futbolchining otasi Goal bilan suhbatda.

Emerson Royal Transfermarkt portali tomonidan 25 million evroga baholangan.