"Tottenxem" London klubidan Keynga o'rinbosar olib kelishi mumkin

"Tottenxem Xotspur" Xarri Keyn o'rniga futbolchi qidirishni davom ettiradi. Xabarlarga ko'ra, Keyn ketgan taqdirda, "shporlar" "Brentford"dan Ayvan Taunini xarid qilishi mumkin. 27 yoshli hujumchi ayni damda taqiqqa uchragan.
U bukmeykerlik kompaniyalarga aloqador deb topilib, sakkiz oyga futboldan chetlatilgan edi. Tauni, shuninhdek, sentyabr oyiga qadar o'z jamoadoshlari bilan mashg'ulot ham o'tkaza olmaydi.
Manba: bbc.com