Janubiy Koreyalik futbolchi Yan Xyok-Min Londonning "Tottenxem" klubiga o'tdi.

Mish-mishlarga ko'ra, Janubiy Koreyaning "Kanvon" klubi uning sotuvidan taxminan 4 million evro ishlab olgan.

18 yoshli vinger "shporlar" safiga hozir emas, qishda o'tadi.

Eslatib o'tamiz, "Tottenxem"da yana bir janubiy koreyalik Son Xyon Min ham o'ynaydi.