Yarim himoyachi Per-Emil Xyoyberg kelasi yozda klubini o'zgartirishi mumkin.

Kuni kecha daniyalik futbolchi "Tottenxem"dagi hozirgi holat unga mos kelmasligini aytdi. Jurnalist Ekrem Konurning yozishicha, Xyoybergga uchta top-klub qiziqish bildirmoqda – “Atletiko”, “Napoli” va “Yuventus”.

Qayd etilishicha, “Tottenxem” agar taklif mos kelsa, yozgi transfer oynasida 28 yoshli Xyoybergni sotishga tayyor.

Transfermarkt portali Xyoybergni 20 million evroga baholamoqda. 2023/2024 yilgi mavsumda daniyalik futbolchi 30 ta o'yin o'tkazdi.