«Tottenxem» futbolchisi MLSga yo'l oldi

Londonning “Tottenxem” klubining rasmiy sahifasi tarqatgan xabarga ko'ra, jamoa yarim himoyachisi Viktor Vanyama faoliyatini MLSda davom ettiradi.
Manbaning xabariga ko'ra, futbolchi Terri Anri boshchiligidagi “Monreal Impakt” jamoasi sharafini himoya qiladi. Hozircha futbolchining transferi borasida boshqa ma'lumotlar mavjud emas.