"Tottenxem" eski futbolchisi bilan xayrlashmoqchi

"Tottenxem" o'z futbolchisi bilan tuzilgan bitimni tugatishni istamoqda. Xabarlarga ko'ra, London klubi Ugo Loris bilan xayrlashishni istaydi. 36 yoshli frantsiyalik darvozabon bu mavsumda hali maydonga tushirilmadi.
Ayni damda u haftasiga 100 ming funt maosh olmoqda. Loris o'rniga sotib olingan Vikario bu mavsumda 12 ta bahsda 15 ta gol o'tkazib yubordi.
Manba: bbc.com