"Tottenxem"da Keynni qayta sotib olish imkoni bo'ladi

"Tottenxem Xotspur" raisi Daniel Levi Xarri Keynni qaytarib olishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, London klubida Keynni qayta sotib olish huquqi mavjud.
Agar bir kun kelib, Keyn "Bavariya"dan ketishni istasa, u holda unga "Tottenxem" birinchi o'rinda da'vo qila oladi. Negaki, ularda kelishuv mavjud. Keyn "Tottenxem"ni 19 yillik hamkorlikdan keyin tark etgandi.
Manba: bbc.com