"Tottenxem" "Bayer" himoyachisi bilan muzokaralarni boshladi

"Bayer" himoyachisi Edmond Tapsoba Londonning "Tottenxem" klubiga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.
Jurnalistning so'zlariga ko'ra, tomonlar o'rtasidagi muzokaralar faol davom etmoqda. Tapsoba - "shporlar"ning markaziy himoyachi uchun asosiy maqsadi.
O'tgan mavsumda Edmond nemis jamoasi safida 47 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol va bitta golli uzatmani amalga oshirgan. Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2026 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan. Transfermarkt portali uni 30 million evroga baholamoqda.