"Tottenxem" yarim himoyachi borasida izlanishlarni boshlaydi. Xabarlarga ko'ra, agarda "shporlar" Per-Emil Xyoybergni sotadigan bo'lsa, uning o'rnini "Barselona" futbolchisi Frenk Kessie bilan to'ldiradi.

26 yoshli yarim himoyachi o'tgan yozda "Milan"dan erkin agent sifatida olib kelingan. Ivuarlik futbolchiga "Yuventus" ham qiziqish bildirgan. Turin klubi Kessie uchun 15 million evro taklif qilgan edi.

Manba: caughtoffside.com