"Tottenxem" "Barselona"ning shartiga rozi bo'ldi

"Barselona"ning yosh futbolchisi Ilaysh Moriba yaqin vaqtlar ichida Kataloniya klubini tark etishi mumkin.
"MD" nashrining xabar berishicha, "Tottenxem" va "Barselona" 18 yoshli yarimhimoyachi masalasida muzokara o'tkazdi va "shporlar" u uchun 20 million evro to'lashga rozi ekanligi aytilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Moriba "ko'k-anorranglilar"dan katta maosh talab qilayotgani sababli klub u bilan xayrlashmoqda.