«Tottenxem» «Atalanta» futbolchisiga kattaroq taklif jo'natmoqchi

«Tottenxem» «Atalanta» himoyachisi Kristian Romero transferi ustida ishlashda davom etmoqda.
Jurnalist Fabritsio Romanoning so'zlariga ko'ra, «shporlar» futbolchi uchun taklifni bonuslarni hisobga olmaganda 50 million evrogacha oshirishga tayyor.
Qayd etilishicha, futbolchining o'zi London klubiga o'tishdan manfaatdor.
Eslatib o'tamiz, o'tgan mavsum A Seriyada Romero chempionatning eng yaxshi himoyachisi deb topildi.