"Tottenxem" yozda yarim himoyachi xarid qilish borasida ish olib bormoqda. Xabarlarga ko'ra, "Sautgempton" sardori Jeyms Uord-Provs "shporlar" radarida turibdi.

Angliya terma jamoasi a'zosi APLning eng yorqin vakillaridan biri sanaladi. "Tottenxem" shuningdek, "Aston Villa" vakili Jon Makginga ham qiziqish bildirgan.

Manba: caughtoffside.com