"Torino" Shomurodovning ijarasi uchun 1 million, keyinchalik sotib olish uchun 12 million evro taklif qilmoqda

"Torino" "Roma"dan hamyurtimiz Eldor Shomurodovni ijaraga olmoqchi.
Tuttosport nashri xabariga ko'ra, "Torino" hujumchini mavsum oxirigacha ijaraga olish uchun 1 million evro, keyinchalik 12 million evroga sotib olish huquqini taklif qilmoqda.
"Roma" majburiy sotib olish huquqiga ega bo'lgan kelishuvga umid qilmoqda, chunki Shomurodov Joze Mourinoning rejalariga kirmaydi.
Joriy mavsumda hujumchimiz A Seriyaning 6 ta uchrashuvida sermahsul harakatlari bilan ajralib turmadi.