Turin shahrining «Torino» klubi futbolchisiga top klublar qiziqayotgani sababli unga katta shartnoma taklif qiladi. Bu haqda klub  prezidenti Urban Kayro  ma'lum qildi. «Goal» nashri xabar qilishicha, «Arsenal» hamda «Roma» jamoalari Andre Belotti bilan transfer borasida bog'langan.

Uning klubi bilan yana bir yil vaqti qolgan. Shu sabab «Torino» Belotti bilan shartnomasini yangilashga harakat qilmoqda. 27 yoshli  forvard 6 yildan buyon «Torino» klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

Manba: goal.com