«Nyukasl» bugun yarim himoyachi Sandro Tonalini «Milan»dan xarid qilganini e'lon qildi. Ushbu transfer narxi 70+10 million evroga teng bo'ldi.

Ushbu transfer birdaniga 3 ta rekordni yangiladi. Bu haqda "Football Italia" xabar tarqatdi.

1. Tonali eng qimmat italiyalik futbolchiga aylandi (avvalgi rekord Jorjinoga tegishli bo'lib, «Chelsi» uni 57 mln evroga xarid qilgandi);

2. Tonalining transferi «Milan» tarixidagi eng qimmat sotuv bo'ldi (avvalgi rekord Kakaga tegishli bo'lib, «Real» uni 67 mln evroga sotib olgandi);

3. Tonalining transferi «Nyukasl» tarixidagi eng qimmat xarid bo'ldi (avvalgi rekord Aleksander Isakka tegishli bo'lib, "qarg'alar" uni «Real Sosedad»dan 70 mln evroga sotib olgandi).

Manba: bombardir.ru