"Bavariya" APLdan yarim himoyachi sotib oladi. Xabarlarga ko'ra, "Tottenxem"  futbolchisi Per-Emil Xyoyberg myunxenliklar radariga tushgan.

Tomas Tuxel yarim himoyasi uchun yangi kuchlar qidirmoqda. Shu sabab Daniya terma jamoasi a'zosini xarid qilishga harakat qiladi.

Xyoyberg 2020 yildan beri "Tottenxem"da harakat qiladi. U 2016 yildan boshlab "Sautgempton" sharafini himoya qilgan edi. Yarim himoyachi 2025 yilga qadar London klubida qolish huquqiga ega.

Manba: newsnow.co.uk