«Manchester Yunayted» jamoani tark etgan Krishtianu Ronalduning o'rniga hujumchi qidirmoqda.

Mankunianliklar bosh murabbiyi Erik ten Xag klub rahbariyatiga murojaat qilib, qishki  transfer paytida sifatli hujumchi sotib olish kerakligini aytdi.

Jamoa xarid qilishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatidan "PSV" hujumkor futbolchisi Kodi Gakpo va "Milan" forvardi Rafael Leau o'rin olishdi. Niderland klubi Gakponi 50 million evroga baholamoqda. Shu bilan birga, jamoa uni mavsum oxirigacha olib qolishga harakat qiladi.

Manba: sports.ru