Superliga. Mart oyining eng yaxshi murabbiyi nomi ma'lum

O'zbekiston Superligasida mart oyining eng yaxshi murabbiyi e'lon qilindi.
Unga ko'ra, "Paxtakor" klubi bosh murabbiyi Piter Xyuista bu nomga loyiq deb topildi.
Niderlandiyalik murabbiy mart oyida "sherlar" bilan 3 ta o'yin o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" hozirda Superliga turnir jadvalida 9 ochko bilan peshqadam bo'lib turibdi.