«Manchester Yunayted»da kelayotgan yozda amalga oshiriladigan katta transfer borasida kelishmovchiliklar mavjud. 

Jamoa futbolchilari «Aston Villa»  yarimhimoyachisi Jek Grilishni «MYu»da ko'rishni istashmoqda. O'z navbatida mankunianliklar bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher asosiy e'tiborini «Borussiya» D vingeri Jeydon Sanchoga qaratgan. 

Ikkala o'yinchining ham transfer bahosi taxminan bir xil — 75 mln funt.