"Spartak" O'zbekiston terma jamoasi hujumchisi bilan bog'landi

"Spartak" O'zbekiston milliy terma jamoasi va "Roma" hujumchisi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda. Moskvaliklar futbolchiga RPLga qaytish taklifi bilan murojaat qilishdi.
O'zbekistonlik hujumchi Italiyada qolishni rejalashtirayotganini aytdi. U Rossiyaga qaytishni o'ylamaydi, lekin Turkiyaga borishga tayyor.
Yilning 1-yarmida Shomurodov “Spetsiya”da ijarada o'ynadi, biroq jamoa B Seriyaga tushib ketdi.
Shomurodovning "Roma" bilan shartnomasi yana 3 yilga mo'ljallangan.