"Spartak" hujumchisi Turkiya chempionatiga yo'l olishi mumkin

"Spartak" hujumchisi Shamar Nikolson "Fenerbaxche"ga o'tishi mumkin.
Cubuklu Sports nashri xabariga ko'ra, turk klubi 25 yoshli yamaykalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi.
Nikolson shu yil boshida Belgiyaning “Sharlerua” klubidan 8 million evro evaziga Moskvaning “Spartak” klubiga o'tgan edi. U barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o'tamiz, "qizil-oqlar" bilan birga Shamar Nikolson o'tgan mavsumda Rossiya kubogi sohibiga aylangandi. Finalda "Dinamo" 2:1 hisobida mag'lub bo'ldi.
"Spartak" yangi mavsumdagi ilk o'yinni 16 iyul kuni "Axmat"ga qarshi safarda o'tkazadi.