«Sosedad» murabbiyi: «Barsa» stol ustiga 70 mln evro qo'ysa, Villian Jozeni sotamiz»

«Real Sosedad» bosh murabbiyi Imanol Alguasil jamoa hujumchisi Villian Jozening «Barselona»ga transfer qilish ehtimoli borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Agar ular stol ustiga 70 mln evro qo'yishsa, unda yaxshi, u jamoadan ketishi mumkin.
Bu mish-mishlar jonga tegishni boshlayapti. U bizning o'yinchi va Villian jamoada qolishni istaydi. Kamida mavsum oxiriga qadar u bizning jamoada o'ynaydi», – dedi Alguasil.
Eslatib o'tamiz, Villian Jozening "Real Sosedad" bilan tuzilgan shartnomasi tovon puli sifatida 70 million evro ko'rsatilgan.