Moskvaning "Lokomotiv" klubi hujumchisi Fyodor Smolov «Selta» safiga o'tdi. Rossiyalik futbolchi vigoliklar safida kamida ushbu mavsum oxirigacha o'ynaydi.

«Selta» yozda Smolovning transfer huquqini sotib olishi mumkin. Buning uchun ispaniyaliklar 6 million evro to'lashlari kerak bo'ladi.

Fyodor Rossiya chempionatining ushbu mavsumida 14ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urdi va 3ta golga uzatma berdi.