Simeone «Atletiko»da PSJ etakchisini ko'rmoqchi

“Ateltiko” bosh murabbiyi Diego Simeone madridliklar rahbariyatidan PSJ hujumchisi Edinson Kavanini transfer qilishni so'radi.
AS’ning xabar qilishicha, Kavani “Atletiko” safiga 2020-yilning yozida kelib qo'shilishi mumkin. Yozda urugvaylik futbolchining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi tugaydi.
Argentinalik mutaxassisga Kavanining harakatlari ma'qul kelmoqda, buning ustiga futbolchining o'zi ham PSJni tark etish istagida.