Shvetsiya terma jamoasi futbolchisi Bundesliga klubiga ko'chib o'tdi

Germaniyaning “Volfsburg” klubi o'z safini Italiyaning “Bolonya” klubi yarim himoyachisi Mattias Svanberg bilan to'ldirdi. Jurnalist Fabritsio Romanoning yozishicha, Shvetsiya terma jamoasi futbolchisi “bo'rilar”ga 9 million evroga tushgan.
Avvalroq Svanbergga Evropaning top-klublari qiziqish bildirayotgandi, ammo yakunda futbolchi uchun kurashda “Volfsburg” g'alaba qozondi. Mattiasning o'zi "Bolonya"da 4 mavsum o'ynadi va o'zini mamlakatidagi eng istiqbolli yarim himoyachilardan biri sifatida ko'rsatdi.
23 yoshli Svanberg o'tgan mavsumda A Seriyada 36 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.