"Chelsi" himoyachisi Davide Zappakosta "Fiorentina"ga o'tishi mumkin. Bu haqida jurnalist Janluka Di Martsio tvitterdagi sahifasida ma'lum qildi.

Manbada aytilishicha, "binafsharanglilar" uni futbolchisi Pol Liroluga o'rinbosar sifatida ko'rishadi.

O'tgan mavsum Davide A Seriyaning boshqa jamoasi "Jenoa" safida ijara asosida to'p tepgan. Himoyachi genuyaliklar safida 25 uchrashuvda maydonga tushib, 4 marta o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan.

Transfermarket portali ayni paytda italiyalikning narxini 8 million evroga baholagan.