Shomurodovning jamoadoshi "Milan"ga o'tishi mumkin

"Jenoa" safida ijarada to'p tepayotgan "Sassuola" futbolchisi Janluka Skamakka faoliyatini "Milan" klubida davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda "AS" nashri.
22 yoshli futbolchining o'zi ham San-Siroda Ibragimovich bilan birga to'p tepishni istagini bildirgan.
"Rossonerilar" ham Skamakkani tajribali shvedga yaxshi o'rinbosar bo'la olishiga ishonmoqda. Garchi, u so'nggi "Milan"ga qarshi bahsda avtogol urgan bo'lsa ham.