“Lokomotiv” hujumchisi Aleksandr Dolgov faoliyatini “Rostov” safida davom ettiradi, deya yozmoqda klub rasmiy sayti.

20 yoshli futbolchi “sariq-ko'klar” safiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi va 2023 yilgacha shartnoma imzoladi.

Eslatib o'tamiz, Dolgov “temiryo'lchilar” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, ammo futbolchi asosiy jamoada umuman o'ynamagan.