Shomurodov Bundesliga klubiga o'tishi mumkin

Rossiyaning “Rostov” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov faoliyatini Bundesligada davom ettirishi mumkin. Bu haqida Rossiya OAV xabar tarqatdi.
Riafan.ru saytining xabar berishicha, hamyurtimizga Germaniyaning “Shalke” klubi qiziqib qolgan. Nemislar futbolchini qishki transfer oynasida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Futbolchining transfer narxi taxminan 5,5 million evroga baholanmoqda.
Eslatib o'tamiz, Shomurodov joriy mavsum “Rostov” safida 7ta o'yinda 5ta gol urib, to'purarlar poygasida ikkinchi o'rinda bormoqda.