Shkrinyarni qo'lga kiritish uchun Al-Xelayfining o'zi shug'ullanishni boshladi

"PSJ" "Inter" himoyachisi Milan Shkrinyarni o'z safiga qo'shib olish yo'llarini qidirmoqda. Klub prezidenti Nosir Al-Xelayfi muzokaralarda shaxsan ishtirok etmoqda. Bu esa parijliklarning imkoniyatlarini oshiradi.
"Inter" slovakiyalik futbolchi uchun taxminan 50 million evro so'ramoqda. Agar ushbu transfer amalga oshmaydigan bo'lsa, "PSJ" "Monako" himoyachisi Aksel Disasini 50 million evroga sotib oladi.