"Sheffild" Londondan hujumchi xarid qiladi

"Sheffild Yunayted" tez orada hujumchi xarid qilishi mumkin. Xabarlarga ko'ra, Gana terma jamoasi a'zosi Andre Ayyu "tig'chilar" radariga tushgan.
33 yoshli hujumchi ayni damda erkin agent sanaladi. U o'tgan mavsum oxirida "Nottingem Forest"dan ketgan edi. Ayyu butun faoliyati davomida jami 152 ta golga mualliflik qilgan. Unga Saudiya klublari ham qiziqish bildirgan.
Manba: newsnow.co.uk