«Shaharliklar» nishonida 18 yoshli futbolchi

«Manchester Siti» klubi «Barselona» futbolchisi Ilyash Moribani o'z safiga jalb qilmoqchi. «Mundo Deportivo» nashri xabariga ko'ra, kelasi mavsum shartnomasi yakunlanadigan 18 yoshli hujumchi uchun «Siti» asosiy da'vogar.
Yosh futbolchi narxi 20 million evrodan kamiga baholanmaydi. Yosh futbolchiga shuningdek, «Chelsi» hamda «Leypsig» taklif bilan chiqishgan.
Manba: bbc.com