"Sevilya" klubi sport direktori Ramon Monchi Golovinning andalusiya jamoasiga o'tishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.

"Bu ma'lumotlar haqiqat emas", - dedi Monchi.

Eslatib o'tamiz, shu oy boshida "Sevilya" klubining 24 yoshli yarim himoyachiga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma'lumot o'rnida, rossiyailk futbolchisi "Monako" klubida Liga 1 doirasida bu mavsum 14 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 7 assistni ham o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.