«Sevilya» rasman Munirni transferini yakunladi

“Sevilya” rasman Munir Al Xaddodini transferini yakunladi.
Andalusiyaliklar 23 yoshli futbolchini juma kuni 1,05 mln evro evaziga sotib olgan edi. Bugun futbolchi tibbiy ko'rikdan o'tdi va yangi klubi bilan 4,5 yillik shartnoma imzoladi.
Ma'lumot uchun, joriy mavsum Munir 7 ta o'yinda maydonga tushib 1 ta gol urdi.