"Tottenxem" va "Vest Xem" bir futbolchi uchun kurash olib boradi. Xabarlarga ko'ra, "Sevilya" hujumchisi Yussuf En-Nesiri ikki London klubi radarida turibdi.

Andalusiya jamoasi o'z futbolchisini sotishga qarshi emas. Faqat da'vogar jamoalar u uchun 40 million evro to'lashi kerak. Marokash terma jamoasi a'zosi bu mavsumda 13 ta golga mualliflik qilgan.

Manba: caughtoffside.com