Yusuf En-Nesiri "Sevilya"dan "Fenerbaxche"ga o'tdi.

Turkiya klubining yangi bosh murabbiyi Joze Mourino 27 yoshli hujumchini o'z jamoasida ko'rishni istadi.

Avvalroq "Sevilya" o'zining to'purari uchun 18+3 million evro miqdoridagi birinchi taklifni rad etgani haqida xabar berilgandi. Ispaniya klubi belgilangan miqdorni 20 million bo'lishini, keyin esa bonuslar kuchga kirishini talab qildi. Natijada klublar kelishuvga erishishdi.

En-Nesiri 2020 yilning yanvaridan beri "Sevilya"da o'ynab kelmoqda. To'rt yarim mavsumda u 196 ta o'yinda maydonga tushdi, ikki marta Evropa Ligasi kubogini qo'lga kiritdi va 73 ta gol urib, klub tarixidagi eng yaxshi o'ntalik va eng yaxshi to'purarlar beshligidan joy oldi.