«Tottenhem» klubi himoyachisi Devinson Sanchezning agenti «Sevilya» bilan transfer masalasi bo'yicha muzokara o'tkazgan. «Calciomercato» nashri xabariga ko'ra, 25 yoshli futbolchi ispan klubi himoyasi vakili  Kundening «Chelsi»ga ko'chib o'tishi munosabati bilan uning o'rniga ehtimoliy o'rinbosar bo'lishi mumkin.

Kolumbiya terma jamoasi a'zosi 2017 yilda «Ayaks»dan 38 million evroga xarid qilingan edi. Sanchez o'tgan mavsum APLning  18 ta o'yinida maydonga tushgan va klubdagi faoliyatidan ko'ngli to'lmayapti.

Manba: bbc.com