Serxio Ramos «PSJ»da qaysi raqam ostida o'ynashi ma'lum

Bugun «Real» sobiq murabbiyi Serxio Ramos «PSJ» klubi bilan shartnoma imzoladi.
Shundan keyin, Ramos Parij klubida qaysi raqam ostida to'p tepishiga oydinlik kiritildi. Ispaniyalik futbolchi «PSJ»da 4-raqam ostida o'ynaydi.
Ushbu raqam ostida avval himoyachi Tilo Kerer o'ynab kelgandi. Tilo endi parijliklar safida 24-raqamda to'p tepadi.
