Serxio Agueroga jiddiy da'vogar paydo bo'ldi

«Yuventus» o'z tarkibini «Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero bilan kuchaytirishni ko'zlamoqda. Bu haqda "Sport Mediaset" xabar tarqatdi.
Argentinalik futbolchining «shaharliklar» bilan shartnomasi joriy mavsum so'ngida yakuniga etadi. Shu bois, u yozda erkin agentga aylanadi. «Yuventus» esa hujum chizida Aguero-Ronaldu juftligini ko'rishni istamoqda.
Eslatib o'tamiz, Agueroning xizmatlariga «Inter» va «Barselona» klublari ham qiziqish bildirishmoqda.